“Barsa” va “Real” birga g‘alati rekord o‘rnatdi

  • 12 may, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 35-turida “Real” futbolchilari “Kamp Nou”da “Barselona” mehmoni bo‘ldi. Bu uchrashuvda kataloniyaliklar iroda ko‘rsatib, 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Opta Sports markazi tadqiqotchilari bu bellashuvdan keyin har ikki jamoa “el klasiko”larda e’tiborga molik ko‘rsatkich qayd etgani ma’lum bo‘ldi. Qudratli klublarning oxirgi 18 ta bellashuvida ular biror marotaba bo‘lsa ham durang o‘ynamagan. Bu “el klasiko” tarixidagi eng usun seriya hisoblanadi.

“Barselona” madridliklarga qarshi oxirgi 18 ta uchrashuvdan sakkiztasida zafar quchgan. E’tiborlisi, oxirgi ketma-ket to‘rt g‘alaba shu mavsum qo‘lga kiritildi.

“Real” vakillari esa, bu muddat ichidagi o‘zaro bellashuvlarda o‘n bor ustunlik qilgani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!