"Barsa" trebl qayd etgan mavsumdagi natijasini takrorladi

  • 8 fevral, 2021, 14:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Barselona" "Betis" maydonida 3:2 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Bu kataloniyaliklarning safardagi ketma-ket 9-o‘yinda qozongan g‘alabasi sifatida tarixga kirdi. Ushbu natija bilan "ko‘k-anorranglilar"ning 2015 yil yanvar-aprel oralig‘idagi ko‘rsatkichini takrorladi. O‘shanda jamoa Luis Enrike qo‘l ostida trebl qayd etgan edi.

So‘nggi bor "Barsa" 5 dekabr kuni "Kadis" maydonidan boshini quyi egib qaytishga majbur bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!