“Barsa” tarixidagi eng qudratli tarkib tuzildi

  • 30 noyabr, 2024, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” tashkil topganining 125 yilligi munosabati bilan AQShning ESPN sport portali Kataloniya klubi tarixida o‘ynagan eng zo‘r futbolchilardan iborat ramziy jamoa tarkibini tuzib chiqdi.

U quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabon: Viktor Valdes.

Himoyachilar: Dani Alves, Ronald Kuman, Karles Puyol.

Yarim himoyachilar: Xavi Ernandes, Andres Inesta, Luis Suares Miramontes, Yoxan Kruiff.

Hujumchilar: Lionel Messi, Ladislao Kubala, Ronaldino.

“Barselona” o‘z tarixi davomida 27 marotaba Ispaniya chempioni, 31 marotaba mamlakat kubogi sohibi, 14 karra Superkubog g‘olibi bo‘lgan.

Shuningdek, 5 marotabadan Evropa Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi g‘olibi,  uch karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionati  g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!