“Barsa” shov-shuvli mag‘lubiyat alamini “yuvib” yubordi

  • 19 oktabr, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” La Liganing to‘qqizinchi turida o‘z maydonida “Jirona”ni qabul qilib, katta qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Shunga qaramay, Xans-Diter Flik jamoasi golli seriya bo‘yicha o‘z rekordini yana bitta uchrashuvga uzaytirib oldi. Kataloniyaliklar qatorasiga 47 ta rasmiy o‘yinda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda.  

“Barselona” gol urolmagan oxirgi bahs o‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lgan. O‘shanda Flik shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida autsayder jamoalardan hisoblangan “Leganes”dan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

“Barselona”ning uzluksiz gol urish bo‘yicha avvalgi rekordi 1944 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda kataloniyaliklar qatorasiga 44 ta uchrashuvda raqib darvozabonlarini ojiz qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!