
“Barsa” shifokorlari Gaviga operatsiya taklif qilmoqda, futbolchi esa xohlamayapti
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi o‘ng tizzasidagi og‘riq sabab muolaja usuli yuzasidan yaqin kunlarda yakuniy qarorni kutmoqda. Ma’lumki, futbolchi 2023 yil kuzida ayni shu tizzasidagi krestoobraz bog‘ni uzgan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning ma’lum qilishicha, kelasi hafta boshida maxsus uchrashuv o‘tkaziladi. Unda futbolchiga konservativ davo yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazish masalasi hal etiladi.
"As" nashrining yozishicha, klub shifokorlari artroskopiyani og‘riqni butunlay bartaraf etishning eng samarali yo‘li deb hisoblamoqda. Biroq, Gavining o‘zi operatsiyadan qochish tarafdori.
Davolash usuliga qarab, futbolchining maydonga qaytish muddati ham turlicha bo‘ladi: agar konservativ yo‘l tanlansa, taxminan yana 15 kun o‘tkazib yuboradi. Agar operatsiyaga qaror qilinsa, kamida 5–6 hafta maydondan tashqarida qoladi.
Fikrlar