"Barsa" "Sevilya"ning rekordlariga sababchi bo‘lmoqda

  • 29 iyul, 2022, 00:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Jyul Kundening sotuvi "Sevilya" uchun rekord miqdorda daromad keltirdi. 

Frantsuz uchun "Barselona" 50 million evro to‘ladi. Shuningdek, 5-10 million evro atrofida bonus pullari mavjud. 

Avvalroq, andalusiyaliklarning eng qimmat transferi Dani Alvesga tegishli bo‘lgan. 2008 yilda braziliyalik qanot himoyachisi "ko‘k-anorranglilar" safiga 40 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. 

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlikni yana bir Kataloniya klubiga kelib qo‘shilgan Langle yakunlaydi. U 2018 yilda "Barsa" futbolchisiga aylangan va "Sevilya" mazkur transfer ortidan 35 million evro mablag‘ga ega bo‘lgan. 

Tecno




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!