
“Barsa” safdan chiqqan Gavi o‘rnini Angliyadagi yulduzga beradigan bo‘ldi
“Barselona” etakchilaridan Gavining safdan chiqishi Xans-Diter Flik jamoasi uchun eng og‘riqli yo‘qotishlardan biri bo‘ldi. Iqtidorli yarim himoyachining jarohati kutilganidan og‘ir bo‘lib chiqdi va davolanish bir necha oy davom etadi.
Gavining yo‘qligi jamoa o‘yin sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Shu bois, klub sport direktori Deku uning o‘rniga yangi ijrochi topishi talab etilmoqda.
Kataloniyaliklar Gavining o‘rnini to‘ldirish uchun yanvarda “Manchester Yunayted”ning eng iqtidorli o‘yinchilaridan Kobbi Maynuni transfer qilishni mo‘ljallayapti.
Manchesterliklar ustozi Ruben Amorim klub tarbiyalanuvchisiga u qadar jiddiy e’tibor qaratmayapti. Bu holat Maynuning boshqa jamoaga o‘tib ketishiga yo‘l ochishi mumkinligi aytilmoqda.
“Barselona” direktorlar kengashi Kobbi Maynuni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olish masalasida “Manchester Yunayted”ga murojaat qiladigan bo‘ldi.
Fikrlar