"Barsa" rahbariyati Xavi xohlagan futbolchini sotib olishga qarshi chiqmoqda

  • 29 iyun, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vilyarreal" yarim himoyachisi Daniel Parexo "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandesning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Tecno

“Ko‘k-anorranglilar” ustozi yaqinda Serxio Buskets jamoani tark etganidan so‘ng o‘rta chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist David Bernabeuning so‘zlariga ko‘ra, Xaviga bu borada Parexoning nomzodi ko‘proq ma’qul kelmoqda, biroq kataloniyaliklar rahbariyati 34 yoshli yarim himoyachining transferini ma’qullamayapti. Ularning fikricha Parexo juda keksa. Rahbariyat e’tiborni yosh futbolchilarga qaratishni afzal ko‘radi.

Daniel Parexoning "Vilyarreal" bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. O‘tgan mavsumda u "sariq suv osti kemasi" safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!