“Barsa” qadrlamagan yulduzning xaridori ko‘payib ketdi

  • 24 dekabr, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Felippe Koutino “Barselona”ga kelganidan beri jamoaning asosiy o‘yinchilari qatoriga qo‘shila olmadi. Avval Lionel Messi borligida hujumga yaqin pozitsiyalarda erkin o‘ynolmagan braziliyalik yulduz argentinalik o‘yinchi Kataloniyadan ketganidan keyin ham maydonda o‘ziga joy topolgani yo‘q.

Tecno

Hozir ham Koutino bosh murabbiy Xaviga kerak emas. Shunga qaramay, unga og‘iz solayotgan jamoalar kamaygani yo‘q.

Felippe  yaqinda “Nyukasl”ga rad javobini berganiga qaramay, “Everton” uni Angliya premer-ligasiga qaytarmoqchi bo‘lyapti.

Shuningdek, Italiya chempionligini himoya qilayotgan “Inter” ham tajribali pleymeykerni yordamga chorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!