
"Barsa" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni Manchester klublariga "tiqishtiryapti"
"Barselona" kishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini qidirmoqda.
Kataloniya klubi direktorlari Mateu Alemani va Ferran Reverter Manchesterga borib, mahalliy jamoalar bilan ehtimoliy transferlarni muhokama qilishdi. "Ko‘k-anorranglilar" "Siti"dan Ferran Torres va Raxim Sterlingga, MYudan esa, Antoni Marsyal hamda Edinson Kavaniga qiziqish bildirmoqda.
"Barsa" transfer shartlarini kelishish chog‘ida har ikki klubga yarim himoyachisi Filippe Koutinoni taklif etyapti, deya xabar beradi "Diario Sport". O‘z navbatida, ingliz jamoalari braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan bosh tortgan.
29 yoshli xavbek kataloniyaliklar libosida 2018 yilning yanvaridan beri harakat qilib kelmoqda. Koutino joriy mavsum 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqib darvozasiga to‘p kiritgan.
Fikrlar