
“Barsa” o‘ynatmagan futbolchini sakkizta jamoa talashmoqda
“Barselona”ga bosh murabbiy etib Xavi Ernandes tayinlanganidan keyin ispaniyalik mutaxassis jamoani avvalgi murabbiy – Ronald Kuman olib kelgan o‘yinchilardan tozalashga kirishgandi.
Amerikalik himoyachi Serjino Dest ham o‘ziga yangi jamoa topishga majbur bo‘ldi. Iste’dodli futbolchi joriy mavsumni ijara asosida “Milan”da o‘tkazmoqda.
Shunga qaramay, Dest yozda kelajagi borasida bir qarorga kelishi lozim.
Hozirning o‘zida sakkizta jamoa u bilan hamkorlik o‘rnatmoqchi.
Manbalarning yozishicha, Germaniyadan “Union”, Ispaniyadan “Atletiko”, “Sevilya”, “Vilyarreal”, “Valensiya”, Frantsiyadan “Lion”, Angliyadan “Vulverxempton” va “Kristal Pelas” Serjino Destga shartnoma berishga tayyor.
Fikrlar