“Barsa” o‘ynatmagan futbolchi Bundesligadan boshpana topdi

  • 28 aprel, 2023, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning avvalgi bosh murabbiyi Ronald Kuman taklifiga ko‘ra, Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan amerikalik himoyachi Serjino Dest kelasi mavsumni ham boshqa jamoada o‘tkazadi.

Tecno

Hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes bundan keyin ham Destga asosiy tarkibdan joy bermaydigan bo‘ldi.

Todofichajes nashrining ma’lum qiligicha, 22 yoshli himoyachi yozda Germaniyaning “Union Berlin” klubiga yo‘l oladi. Ijara muddati tugaganidan keyin Bundesliga klubida futbolchining transfer huquqini 8-9 million evroga sotib olish imkoni bo‘ladi.

Serjino Dest joriy mavsumni ijara asosida “Milan”da o‘tkazmoqda. Lekin bu klubda ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Sakkiz marta maydonga tushgan futbolchi birorta samarali harakatni amalga oshirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!