“Barsa” muxlislariga qayg‘uli xabar

  • 2 iyun, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bir necha yillik tanaffusdan keyin ilk bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Endi kataloniyaliklar futbol ishqibozlari jamoadan Chempionlar ligasida g‘alaba kutmoqda.

Tecno

Biroq, klub Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkinligi haqida noxush xabar tarqatilmoqda.

Xabaringiz bor, “Negreyra ishi” bo‘yicha tekshiouv davom etyapti. “Barselona” Hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti Xose Negreyre hisobiga pul o‘tkazgani bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Kataloniyaliklar Negreyraga pul hakamlik faoliyati uchun emas, balki hisobotlarga o‘tkazilganini ta’kidlamoqda.

Tekshiruv ishlari UEFA ham qo‘shildi. Evropadagi manbalarning ta’kidlashicha, xalqaro tashkilotning ikkita taftishchisi “Barselona” Chempionlar ligasidan chetlatish orqali jazolanishi kerakligi haqida xulosa bergan.

Shunga qaramay, hali UEFA rahbariyati “Barselona”ni qit’aning eng nufuzli musobaqasidan chetlatish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!