
“Barsa” Messisiz o‘ynashni o‘rganishi kerak
“Bunyodkor” va “Barselona” tarkibida o‘ynagan Rivaldo kataloniyaliklarga maslahat berdi.
- Bu mavsumning ayrim o‘yinlarida Messi maydondagi muammolarni hal qilish uchun futbolchilar yonida tura olmaydi. Endi boshqalar ham o‘zini ko‘rsatishi kerak, jamoa Messisiz o‘ynashni o‘rganishi shart. Kuman Leoga dam berib to‘g‘ri kelyapti. Men “Barselona” bosh murabbiyi bo‘lganimda Messini maydondan tashqariga chiqarmasdim, - dedi Rivaldo.
Messining “Barselona”dagi kelajagi hamon so‘roq ostida turibdi. Agar klub rahbariyati bir oy ichida uni yangi shartnomaga ko‘ndirmasa, argentinalik hujumchi yanvardan boshlab, boshqa klublar bilan bitim imzolash huquqiga ega bo‘ldi.
Fikrlar