“Barsa” Levandovskini qancha qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi

  • 27 dekabr, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoada eng katta maosh olayotgan Robert Levandovski bilan xayrlashmoqchi ekani haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

Tecno

Managing Barca nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar mashhur to‘purarni 20 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

35 yoshli forvard joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqizta gol va beshta assist qayd etdi.

Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.

“Barselona” tajribali to‘purarni o‘tgan yili yozda “Bavariya”dan 45 million evroga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!