“Barsa” katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 24 dekabr, 2021, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi “Barselona” tarkibini o‘ziga kerak bo‘lmaydigan o‘yinchilardan tozalash va ularning o‘rniga boshqa ijrochilarni olib kelish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Taniqli jurnalist Jerar Romaroning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy klub rahbariyatidan Filippe Koutino va Samyuel Umtitini sotib yuborib, ularning o‘rniga “Yuventus” himoyachisi Mateys de Ligtni olib kelishni so‘ragan.

Kataloniyaliklar bu transferlarni yanvar oyida amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Braziliyalik yulduz joriy mavsumda 12ta uchrashuvda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Frantsiyalik himoyachi esa maydonda bir marta ko‘rinish berdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!