
"Barsa" hujumchisi "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
"Barselona" futbolchisi Memfis Depay Kataloniyani tark etishga yaqin turibdi. Xabar qilinishicha, u yangi jamoasi bilan ham kelishib olgan.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Memfis Italiyaning "Yuventus" klubi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Niderlandiyalik iqtidor egasi turinliklar bilan 2 yillik bitimga rozilik bildirgan.
Endi faqat jamoalar transfer narxi borasida bir to‘xtamga kelishi kerak. Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati tarkibdagi raqobatning kuchliligi bois Depayni sotishga qaror qilgani aytilgandi.
Fikrlar