“Barsa” Garsiyani olishdan voz kechadi. O‘rniga undan zo‘rlari bor

  • 24 dekabr, 2020, 14:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani olish fikridan qaytmoqchi.

Tecno

Kataloniyaliklar Gvardiola shogirdining o‘rniga “Nyukasl”da o‘ynayotgan Fabian Sher va “Chelsi”dan ketishni rejalashtirayotgan Antonio Ryugerni transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ronald Kuman jamoa chempionlik uchun kurashish imkoniga ega bo‘lishi uchun yaxshi saviyadagi himoyachilarga ehtiyoj borligini ta’kidlamoqda.

Fabian Sherning “Nyukasl” bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi va uning transferi 13 million evroga baholanmoqda. “Chelsi” esa yana bir yarim yil Londonda qolishi kerak bo‘lgan Ryudiger uchun 25 million evro so‘rayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!