
"Barsa" futbolchisi "Selta"ga qarshi o‘yin paytida hushidan ketdi
"Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo "Selta"ga qarshi bellashuv chog‘ida hushini yo‘qotdi. Uni tez yordam mashinasida maydondan olib chiqib ketishdi.
Vigo klubiga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida Ronald jamoadoshi Gavi bilan to‘qnashib ketdi. Shundan so‘ng urugvaylik himoyachi bir necha qadam tashladi va maydonga yiqildi.
Futbolchiga maxsus kislorod niqobi taqishgan. Hozirda shifokorlar uning holati yaxshi va xavotirga o‘rin yo‘qligini aytmoqda.
Fikrlar