
“Barsa” futbolchisi 16 yoshida tarixiy rekord o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Kadis” o‘rtasidagi uchrashuvda tarixiy voqea sodir bo‘ldi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes boshlang‘ich tarkibda Lamin Yamalni o‘yinga tushirdi.
Yamal XXI asrda Ispaniya La Ligasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi sifatida tarixga kirdi.
Opta Sports nashrining yozishicha, o‘yin kuni Yamal 16 yoshu 38 kunlik edi.
Avvalgi rekord 2012 yili qayd etilgan. O‘shanda “Malaga” murabbiylar shtabi boshlang‘ich tarkibda 16 yoshu 112 kunlik Fabris Olingani boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirgan edi.
Ta’kidlash lozimki, Lamin Yaman o‘tgan mavsumda ham rekord qayd etgandi. Ispaniya chempionatining 32-turida Xavi Ernandes “Betis”ga qarshi uchrashuvning 83-daqiqasida Yamalni zaxiradan o‘yinga qo‘shadi.
O‘shanda 15 yoshu 290 kunlik bo‘lgan Lamin Ispaniya chempionatida qatnashgan eng yosh o‘yinchi sifatida rekordchiga aylangan edi.
Fikrlar