
“Barsa” bu yulduzdan bir yildan beri javob kutyapti
“Barselona” bir necha mavsumdan beri eng katta maosh oladigan futbolchisi Frenki de Yongni boshqa klubga o‘tkazib yuborishga harakat qiladi.
So‘nggi paytda kataloniyaliklarning rejasi o‘zgardi. Klub xo‘jayinlari niderlandiyalik pleymeykerga yangi shartnoma taklif qiladigan bo‘ldi.
2019 yildan beri Kataloniya superklubida to‘p tepayotgan Frenkining amaldagi bitimi 2026 yilning yozida tugashi belgilangan.
Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari Frenki de Yongga hamkorlik bo‘yicha taklif berganiga bir yil bo‘ldi. Biroq o‘yinchining o‘zi hali kelajagi borasida biror qarorga kelgani yo‘q va javob berishga shoshilmayapti.
Fikrlar