“Barsa”: Bizga bunaqa futbolchi kerak emas!

  • 11 yanvar, 18:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ga Ruben Amorim bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin klubdan ketishga bel bog‘lagan Alexandro Garnacho o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Tecno

20 yoshli argentinalik futbolchining agentlari uning xizmatini “Barselona”ga taklif qildi. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu taklif qilmagan va jamoasida Garnachoga o‘rin yo‘q ekanini ochiq aytgan.

Ta’kidlanishicha, kataloniyaliklarni “Bavariya”ning ikki vakili – Yozua Kimmix va Jamol Musiala qiziqtirmoqda.

Garnachoning manchesterliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi. Avvalgi murabbiylar bu o‘yinchini jamoaning kelajagi sifatida qadrlab kelgan. Biroq Amorim Garnachoning iqtidoriga e’tibor qaratgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!