"Barsa" bir qator futbolchilari bilan shartnomani uzaytiradi

  • 6 oktabr, 2021, 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.

Tecno

Jurnalist Ferran Korreasning ma’lum qilishicha, “ko‘k-anor ranglilar” sport direktori Mateu Alemani ayni damda Ansu Fati va Pedri bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Aytish kerakki, ushbu futbolchilarning klub bilan amaldagi shartnomalari joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Bundan tashqari, Ronald Arauxo va Gavi bilan joriy yil yakuniga qadar yangi shartnoma imzolash rejalashtirilgan.

Mingesaning shartnomasi esa qayta ko‘rib chiqiladi. Uning maoshi oshirilishi mumkin. Demir va Riki Puchning masalasi bosh murabbiyning tavsiyasiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!