Barchasi aniq yoxud "Inter" rasmiy saytidan Ikardining surati olib tashlandi

  • 24 may, 2019, 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 24 may kuni “Inter” klubi o‘zining rasmiy saytida joylashtirilgan reklama materiallari sahifasidan hujumchi Mauro Ikardining suratini olib tashladi va uning o‘rniga himoyachi Danilo D’Ambrozioning suratini joylashtirdi.

Tecno

Calciomercato nashrining yozishicha ushbu harakatlardan so‘ng Ikardining jamoadan ketishiga hech qanday shubha qolmadi.

Bundan avvalroq unga “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi “Inter”dan hech qaerga ketmasligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!