
Balotellini ranjitgan klub "ko‘karmadi" yoxud "Breshiya" A Seriyani tark etdi
35-turga kelib A Seriyadagi o‘rnini yo‘qotgan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Dastlab, SPAL quyi ligaga ravona bo‘lgan bo‘lsa, kechagi natijalardan so‘ng, uning ortidan “Breshiya” ham B Seriyaga yo‘l oldi. Mario Balotelli to‘p surayotgan jamoa mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida 17-o‘rindagi “Jenoa”dan 12 ochkoga ortda qolib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, “Breshiya” 8 yillik tanaffusdan so‘ng, o‘tgan yili A Seriyaga qaytgan edi.
Fikrlar