
Balotelli yana "qovun tushirdi"
"Breshiya" forvardi Mario Balotelli bugun erta tongga belgilangan jamoa mashg‘ulotlarini sababsiz o‘tkazib yubordi, deya xabar bermoqda Italiya matbuoti.
O‘tgan haftada ham italiyalik futbolchi mashg‘ulotlarga arzimas sabab tufayli kelmagani ortidan klub prezidenti Massimo Chellino hujumchi bilan shartnoma imzolaganidan afsusda ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi.
"Breshiya" rahbariyati esa Balotellining ushbu ishidan so‘ng u bilan tuzilgan kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar