
Balotelli A Seriyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin
"Breshiya" hujumchisi Mario Balotellining agenti Mino Rayola mijozining xizmatlarini "Jenoa"ga taklif qilmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, genuyaliklar ham Balotelliga qiziqib qolgan. Shu bois tomonlar ayni damda muzokaralar olib bormoqda. “Jenoa” Marioga “1+1” ko‘rinishida shartnoma taklif qilishi mumkin.
30 yoshli Balotelli “Breshiya” safiga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5 ta gol urdi.
Fikrlar