
Bahodir Jalolovdan g‘alaba va u chempion!
Iordaniyada bir necha kun davom etgan boks bo‘yicha litsenzion turnirning so‘ngi jangi og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Bahodir Jalolov hamda avstraliyalik Justis Xuni o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ular mazkur turnir chempionligi uchun ringga ko‘tarildi.
Jalolovga qadar ikki nafar yurtdoshimiz musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritib ulgurgan edi. Ushbu jangda ham iste’dodli bokschimizdan faqat g‘alaba kutilayotgandi.
Taxmin qilingandek, ishonganimizdek Bahodir raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib,turnir g‘olibiga aylandi.
Fikrlar