Bahodir Jalolov o‘zbek sporti tarixiga kiradi

  • 23 iyul, 2021, 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimidagi bayroqdorlarimizni almashtirdi.

Tecno

Bugungi marosimda mamlakatimiz bayrog‘ini avval belgilanganidek Oksana Chusovitina va Bobousmon Boturov emas, balki Bahodir Jalolov hamda Nigora Tursunqulova olib chiqadi. E’tiborlisi, Bahodir Jalolov shu tariqa o‘zbek sporti tarixida Olimpiya o‘yinlarida 2 marta bayroqdor bo‘lgan ilk sportchimizga aylanadi. Tajribali bokschimiz Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida ham davlatimiz bayroqdori bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
23/07/2021 23:37
Баходир Жалолов Оғир вазин тоифасида илк бор олтин медал олиб чемпион бўлган ўзбек ўғлони бўлса унда хурсанд бўламиз, фахрланамиз. Шу тариқа тархимизга кирса бўлгани. Омадини берсин яратган эгам.