Babayan: “Navbahor” - O‘zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoa!"

  • 23 avgust, 2023, 14:57
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL) saralash bahsi doirasidagi “Al-Vakra” – “Navbahor”(0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

Tecno

Quyida “lochinlar” ustozining fikrlarini e’tiboringizga havola etyapmiz.

– Assalomu alaykum! Barchaga xayrli kech! Ta’kidlash joizki, bu “Navbahor” uchun tarixiy o‘yin bo‘ldi. Boisi, jamoa so‘nggi 23 yildan buyon qit’amiznig nufuzli musobaqasida ishtirok etmayotgandi. Kezi kelganida aytish lozimki, biz o‘z oldimizga  faqatgina saralash bosqichi bahsi bilan cheklanib qolmasdan, jamoamiz uchun qadrli bo‘lgan stadionga OChL havosini olib kirish, ushbu turnir madhiyasi Namanganda jaranglashini istagandik va bu niyatimizga etdik. Zero, “Navbahor” muxlislari bunga haqlilar. Ular sevimli jamoalari bilan faxrlanishlari uchun bugun yigitlar maydonga o‘zgacha ishtiyoq va ruhda tushishdi hamda zafar quchishdi. Biz bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. OChL guruh bahslaridagi har bir o‘yin jamoamiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, men ayrim statistik ma’lumotlarni ochiqlamagandim.  Osiyoda mazkur nufuzli musobaqada eng ko‘p ishtirok etgan mutaxassisman.  Aynan shu tajribamdan kelib chiqib, maksimal natija ko‘rsatishga harakat qildim. Shuningdek, men faoliyat yuritgan avvalgi jamoam ikki marta OChL bahslarining yarim finaliga  qadar etib borganligini ham eslatib o‘tmoqchiman. Yarim finallarning birida esa OChL turniri yangi tashkil etishganida qatnashganmiz.  

Jamoamiz murabbiylar shtabining tajribasi va futbolchilarimizning darajasidan kelib chiqib, bizga OChL guruh yo‘llanmasini qo‘lga kiritish   vazifasi qo‘yilgandi. Keyingi maqsadimiz guruh bosqichidan chiqish bo‘ladi. 

Men kecha o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida “Al-Vakra” yaxshi va shakllangan jamoa ekanligi hamda raqibimizni kuchli murabbiy boshqarayotganligini ta’kidlagandim.

Bizning o‘yin rejamiz uchrashuv davomida o‘zini oqladi va biz maksimal darajada uchrashuvni 90 daqiqada hal qilishga harakat qildik. 

Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun Qatarga etib kelgan muxlislarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz maydonga ularga quvonch ulashish niyatida tushamiz hamda muxlislar jamoamiz bilan faxrlanishlari uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

So‘zim yakunida shuni aytmoqchimanki, “Navbahor” - O‘zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoa!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sanjik
23/08/2023 15:17
Nasaf 4ta turnirda qatnashayotgan yagona jamoa
Шоим Зарипов
23/08/2023 18:59
Сани томинг кетиб колибди бабаян Насаф 4та турнирда кураш олиб бораётган ягона жамоа тугри Навбахор жуда яхши харакат килди уларга хам омад тилаймиз.
Javli Ruzimuradov
23/08/2023 17:56
Насаф эсингдан чикдими Баба ?
&
ал хилол
23/08/2023 16:41
Мактанма хуроз,хунаринг оз уйинчилар майдонда харакат килади,улар хал килади
. мансур
23/08/2023 15:27
ОКМК ва Насаф ҳам бор, хомкалла
Bahtiyor Sp
23/08/2023 15:02
Насафчи
бек тв
23/08/2023 17:31
Итаян сан одам бумайсан курдик кеча уйинни битта состав билан уйнавоссан хамма уйинда группада аутсайдерсан агар шу уйинин булса