
Aziz Turg‘unboev "Paxtakor"ga o‘tyapti...
“Navbahor” klubining etakchisi hisoblangan Aziz Turg‘unboev yangi mavsumni O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor” safida boshlashi kutilmoqda.
Aslini olganda, bu futbolchi faoliyatini xorijda legioner sifatida davom ettirish niyati borligi haqida sports.uz saytiga ma’lum qilgandi. Lekin unga “Paxtakor”dan taklif borligi ham oldindan ayon edi. Chunki buni futbolchining o‘zi ham tasdiqlagan.
Ko‘pchilik esa Turg‘unboevni “Navbahor”da qolishini kutgandi. Lekin voqealar rivoji o‘zgaryapti deyishimiz mumkin. Garchi Azizning “Navbahor” bilan amalda shartnomasi bo‘lsa-da, “Paxtakor” klubi uni sotib olishga tayyor turibdi. Bu borada ikkala klub muzokaralarni o‘tkazmoqda.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Turg‘unboev 28 yanvar kuni Dubayga jo‘nab ketadi. Chunki “Paxtakor” ayni paytda o‘sha erda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotganini yaxshi bilasiz. Ammo hozircha rasmiy shartnoma imzolangani yo‘q. Tez orada muzokaralar to‘liq yakunlanishi kutilmoqda.
Fikrlar