
Aziz Asimov nega "Lokomotiv" futbolchisini 33-daqiqadayoq maydondan chetlatganini izohladi
Avval xabar berganimizdek ayni damda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga hakamlari va OAV xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Coca Cola Superliganing o‘tgan 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan va futbol muxlislari hamda mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan ba’zi qarorlarga izoh berildi.
Jumladan, Bekobodda o‘tgan "Metallurg" - "Lokomotiv" bahsini boshqargan Aziz Asimov nega 33-daqiqadayoq "temiryo‘lchilar" yarim himoyachisi Xusniddin G‘ofurovni maydondan chetlatgani haqida gapirdi.
"33 daqiqa ichida G‘ofurov bilan uch marta gaplashdim. Bizda ham sarik kartochkalar masalasida imkon qadar futbolchini maydonda qolishi kerakligi borasida harakat qilamiz. G‘ofurov sportchiga hos bo‘lmagan, agressiv o‘yin ko‘rsatdi. Umumiy jarayonni inobatga olib, qizil kartochka ko‘rsatildi. Sog‘lig‘im bois o‘yinni davom ettira olmadim", - deydi Asimov.
Fikrlar