Aziz Asimov "Nasaf"ga nega penalti bermadi?

  • 18 avgust, 2022, 01:42
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 20
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlik uchun kurashga qo‘shilgan "Nasaf" o‘z uyida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKni qabul qildi. Bahs kutilgan gradusdan ancha baland haroratda o‘tdi, ammo muxlislar uni hakamning qarori bilan yodida saqlab qoladi chog‘i.

Tecno

Sezib turganingizdek hammasi hakamning belgilagan, keyin bekor qilgan penaltisiga borib taqaladi. Qanchalar urinmasin, VARdagilar bosh hakam Aziz Asimovga kerakli kadrni olib bera olgani yo‘q. Bu referining so‘nggi qaror chiqarishida katta rol o‘ynadi. Avvaliga 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan (yon hakam ham bayroqchasini ko‘tardi) Asimov, keyin vaziyatni qayta ko‘rish uchun ortga qaytdi. VARda o‘tirganlar bilan qizg‘in bahs-munozaraga bordi va yakunda Husayn Norchaevning qo‘lidan to‘pni olib qarorini o‘zgartirdi.

Keling, vaziyatni ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. To‘p qanotdan uzatib berilgach, Anzur Ismoilovni qo‘liga borib tegmoqda. Bir qarashda bu ko‘rinmasligi mumkin, ammo to‘p qo‘lga tekgani fakt.

Ismoilov to‘pni emas, to‘p Anzurni topdi, Qo‘l harakati 100 foiz tabiiy edi, biroq uning keragidan ortiq balandga ko‘tarilgani ham haqiqat. Agar Ismoilov qo‘lini tushirgan xolda turganida to‘p borib tekkanida, 100 foiz penalti yo‘q edi deyishga asos bo‘lar edi. Bu vaziyatdagi qo‘lining balandligi penaltini 70/30 xolatiga keltirdi.

Katta ehtimol bilan xorijlik hakam Qarshidagi bahsda ishlaganida 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan bo‘lar edi. Har holda, qo‘lning keragidan ortiq tepaga ko‘tarilgani bunga asos bo‘ladi. Asimov, ikki tomonni qisman qanoatlantiradigan natija tabloda yonib turgani bois, "risk" qilgani yo‘q. O‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatmaslikni afzal ko‘rdi. Durang, ikki tomon ham engilmadi. Bu murakkab vaziyatdan chiqib ketish uchun ideal echim.

Muammoning yuzasida hakamning qarori ko‘ringaniga qaramay, uning ildizi juda xira kadrlarga suyanadigan VARga borib taqalmoqda. Vaholanki, yon chiziq hakami penalti bor ekanligini aytdi. Negadir Asimov maydondagi emas, uning tashqarisida o‘tirgan hamkasblariga ishondi. To‘g‘risi, ushbu holatni takroriy lavhalarini ko‘rgan insonlar, o‘yinni jonli tomosha qilayotgan yon chiziq hakami ko‘rmagan nimanidir ilg‘aganiga ishonish juda qiyin.
Hozirgi holatda bosh hakamni ikkilantirib qo‘ygan asosiy omil - VAR bo‘lib chiqmoqda. Bir qarashda bu sistemaning yurtimiz futboliga kirib kelgani yaxshi, ammo undan 100 foiz foydalanish uchun translyatsiyalarimizning darajasi etmayotgani achiq haqiqat. Balki, Asimovda o‘sha epizodni tomosha qilich uchun qulayroq rakursdan olingan kadrlar bo‘lganida, hozir bu maqola yozilmagan bo‘lar edi. Turnir jadvalidagi vaziyat boshqacha bo‘lgan, "Navbahor" o‘zi ishtirok etmagan o‘yinda yodga olinmas edi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shoyimov Mirzohid
18/08/2022 06:40
бу ерда Норчаев тупни химоячи устидан ошириб утмокчи эди Анзур хам тупни эркалаб узига тугрилаб олди охиста секин секинлик билан туп кулга тегса уйин дуранг булиб турган булса пенальти белгиланмайди манимча.Тупга тезликда интилган Норчаев тупни юкотиб куйди чункт Анзур топни узига кули билан тугрилаб олди.Топ Анзурни топдими Анзур тупни топдими фарки йук топ йуналиши узгариб кетди.
Aziz Yuldashev
18/08/2022 02:05
Азиз Асимовнинг топгани буюрмасин
&
Abdulla Hikmatov
18/08/2022 01:57
penalti bor ediko buni hamma kordi
Bahodir Zoyidov
19/08/2022 01:59
Бизнинг фудболда хали хам корепся давом этмокда,бунда фудболимиз хеч качон ривожламайди.Бизнинг чимпионатимизда биринчи урин хал булиб булган.Вар хам бизда ёрдам бермади,чунки асосий ролни пул хал килади.мен узбек фудболига мухлислик келишда чарчадим,нима килай фудбол фанатиман.
Bahodir Zoyidov
19/08/2022 01:45
Бизнинг фудболда хали хам корепсия давом этмокда,бунда узбек фудболи хеч качон ривожланмайди чунки бу йилги чимпион аник булиб булинган.бизда вар хам ёрдам бермайди вар вазифасини пул бошкаради.узбек фудболини мухлислик келганимда вактим ачинаман,нима килай Насаф мухлисиман!!!
Наркобилов Суюн
18/08/2022 16:13
Бердиев агар УФА га муражаат килса узига жарима езади,олдин хам шундай булган,УФА нинг узи фудболни оркага тортмокда,бунокада жохон чемпионатига чика олмаймиз.афсуссссссс
Наркобилов Суюн
18/08/2022 16:13
Бердиев агар УФА га муражаат килса узига жарима езади,олдин хам шундай булган,УФА нинг узи фудболни оркага тортмокда,бунокада жохон чемпионатига чика олмаймиз.афсуссссссс
&
Mansurbek
18/08/2022 15:09
Alloh ko‘rguvchi va bilguvchi. Xamma muhlislar va tomoshabinlar penaltini ko‘rdi. Uyog‘ini Alloh o‘zi jazosini beradi. Allohga topshirib qo‘yorilar
Жабборов Ахмаджон
18/08/2022 15:05
XUP MAYLI QULGGA TEGMAPTI TUPNI QULI BILAN URIB YBORDIKU
Akram Haedarov
18/08/2022 09:59
Holislik uchun rahmat sports.uz. CA ga o'hsham ochkilik hay.hol.ni maqolasini chiqarmaysilar.manimcha anzyr to'pni 2qo'li bilan ushlab olsa penalti berilsa kerak nasaf foydasiga
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/08/2022 09:02
bulmasa hisob ting vaqt. golli mament bulsa. qul bilan tupni tuhtatib qolsa bularkandan nagli quli bilan uynadiki yana etmaganday. quli bilan tupni oldinga yurib ham quydiki. sahal. inson bulaylik. bulgani buldi. sayt hodimlari holis yondoshingla. yo bulmasa hakamlar qumitasi aytuvdi biza hamisha tayormiz. kelingla devdi. boringla qani. nima derkan.
&
Турсунов Рамазон
18/08/2022 08:19
Насафга уйинларига качонгача Азизга хакамлик берилади.Бир булмади.Хар йили шунака килади.Манимча УФАга шу керакдир.Приздинтимиз канча жон куйдириб футболни ривожлантирамиз деса Азизга ухшаган футболни йук килади.Бунакада мухлис стаденга кирами.Бундан кура Асимога ухшаган УФА дакила уз уйнаб юрийвирсин мухлис керак эмас.Яна мухлис кирмади деб бонг урасанла. Азизни ош булмасин Качондир кур булади.Купти каргиши уради .Узбекистонда футбол качон ривожланади.Карупсия УФАда йуколса.Эсиз УЗБЕКИСТОН.
Sevinch Sadullayeva
18/08/2022 06:19
Nima degan gap endi bu u topga tegmadi lekin tòp uni topti, galatimasmi?!!! Nima bolganda ham qoliga tegdi berishi kere edi, yana kaftiga tegdi, durang bb tablo yonyotganda penalti bermasli kk degan qarorni qachon ishlab chiqdila?!!! Tori xorijli hakam bosa qoyardi shu ula haqiqiy hakamda bizanikiga oxshagan korolmaydiganmas!!!!
Abdulloh Jonibek
18/08/2022 05:07
Shunaqasiyam mumkinmi hisob teng bub turganda penalti quymasayam buladimi? Xakamlar qumitasi nimadur baxona topadi bungayam yomoni xakam faqat penaltidamas uyinga 2 bulimda kup tuxtalish qilib arzimagan narsalagayam xushtagini chalib taymni uldirdi 1 bulimda bilinmagandi xakamni borligi
Abdulloh Jonibek
18/08/2022 05:07
Shunaqasiyam mumkinmi hisob teng bub turganda penalti quymasayam buladimi? Xakamlar qumitasi nimadur baxona topadi bungayam yomoni xakam faqat penaltidamas uyinga 2 bulimda kup tuxtalish qilib arzimagan narsalagayam xushtagini chalib taymni uldirdi 1 bulimda bilinmagandi xakamni borligi
Aziz Yuldashev
18/08/2022 02:09
Яхёхўжа ўтган турда худди бугунги вазиятда пенальти теган Нефтчи ва бугун тепмаган Пахтакор хақида хам тахлил кутяпти мухлислар
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/08/2022 08:58
Sudiya penaltidan tashqari ham ancha qovun tushurdiki. uzi uyinni sudiya ulderki. Oybek himoyachi qupollik bilan tuhtatib qoldi. hech narsa bermadi. bulmasa golli mament edi. hech bulmasa sariq berilishi kerak edi. yoki bulmasa VAR 5 minut sarfladi lekin uyinchila almashdi. yana. 6 minut qushib berdi.
Нодир Зарипов
18/08/2022 08:54
Узбекистон футболини оркасига урди асимов шу топган пулинг оилангга узингга буйирмасин 100та жойингдан тишиб чиксин
&
Shaxzod1223
18/08/2022 07:36
Shasixning gaplari to'g'ri. U hakamlar bor ekan futbolni rivojlanishi qiyin. Bunday hakamlarga biron bir chora ko'rmasa bular yana shu ishini qilaveradi.
Yusupov Farhod
18/08/2022 07:20
Sports.Uzdagilar Man oʻz koʻzlarim bilan aynan stadiondan vaziyatni oldidan koʻrdim toʻp oʻtib ketayotganda Anzur qoʻli bilan toʻxtatib qoldi Husain 1ga 1 chiqardi darvozabon bilan xa usha qanotdagi yon hakam ham buni koʻrdi va penalti borligini Asimovga aytdi xatto VARdagilar ham avval boshidan penalti dedi nimagadir Asimov xech kimga ishonmadi va oʻzi borib penaltini bekor qilishga urina boshladi. Manimcha bu uni atayin qildi Asimov Oʻzbek futbolini kushandalaridan biri.
Oldingi fikrlarni ko'rsatish