Aziz Amonov legionerga aylanishi, MTJning yig‘ini va chempionatlik maqsadi haqida gapirdi (intervyu)

  • 11 fevral, 2022, 09:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronning "Istiqlol" klubiga ko‘chib o‘tgan Azizbek Amonov O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi:

Tecno

"Istiqlol" klubi bilan muzokaralar ketayotgani haqida eshitgan edim. Keyinchalik, bir qarorga keldik va jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi.

Meni bu erda juda ham iliq kutib olishdi. Xudo xohlasa, o‘z ustimda ishlab, faoliyatimda o‘sishga erishmoqchiman. Jamoa tarixiga kirib, chempionlikni qo‘lga kiritishni istayman.

Dubaydagi yig‘in yaxshi o‘tdi. Garchi koronavirus tufayli o‘rtoqlik uchrashuvlari kamroq tashkil etilgan bo‘lsa-da, yig‘inga chaqirilgan har bir futbolchi o‘z sport formasini yaxshi darajada ushlab tura oldi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!