Aziz Amonov bugun Antaliyaga keladi va...

  • 8 fevral, 2023, 11:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Eronning “Istiqlol” klubi bilan xayrlashgan hamyurtimiz Azizbek Amonov atrofida yuz berayotgan so‘nggi ma’lumotlarni Sports.uz orqali xabar berib borayotganimizni yaxshi bilsangiz kerak.

Tecno

Ushbu o‘yinchining klubdan ketganini eshitgan klublarimiz birin-ketin unga taklif bilan chiqa boshladilar va qisqa fursatlar ichida Amonov oldida bir qator variantlardan birini tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Hozirda Turkiyaning Antaliyada bo‘lib turgan Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ma’lum qilishicha, Azizbek Amonov ham bugun ushbu shaharga etib keladi.

Gap shundaki, futbolchi takliflar orasidan “Nasaf” klubining variantini ma’qul ko‘rmoqda. Shu bois u aynan Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa safiga qo‘shiladi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Mamadiyorov
08/02/2023 17:16
Omad