Azar “Real”ga bosh og‘riq bo‘lyapti

  • 22 yanvar, 2022, 15:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bundan buyon Eden Azarga ishonch bildirmasligini ta’kidlaganidan keyin klub mutasaddilari belgiyalik yulduzga jamoa topishga harakat qilmoqda.

Tecno

Biroq bu “Qirollik klubi”ga haqiqiy bosh og‘riq bo‘lyapti. Azarning katta maoshi unga yangi ish joyi topishga to‘sqinlik qilyapti.

Qolaversa, uning xarajatlarini ko‘tarishga qodir bo‘lgan “Chelsi” va “Nyukasl” fikridan qaytib, belgiyalik hujumkor futbolchini transferga qilishni rad etgan.

Ayrim ma’lumotlarda Eden Azar mo‘may daromad olayotgan “Real”ni tark etishga shoshilmayotgani yozilgan.

Ispan futboliga moslasha olmagan o‘yinchi joriy mavsumda barcha turnirlarda  16 marotaba maydonga tushib, bir juft golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!