Azar faoliyatini yakunlashi mumkin
"Real" futbolchisi Eden Azar 2024 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayapti, deya xabar berdi "Diario Sport" nashri. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi ham bir yildan so‘ng tugaydi. Belgiyalikning rejasi "qirollik klubi"dagi so‘nggi yilini o‘tkazib, futbol bilan xayrlashish.
Azar 2018 yili "Chelsi" 115 million evro evaziga "Real"ga kelgandi. Uning transferi ikkala tomon uchun ham omadsiz bo‘ldi. Garchi 32 yoshli futbolchi yuqori maosh va ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan bo‘lsada, zahira o‘yinchisiga aylandi.
Edenni yozda "qaymoqranglilar"ni tark etishi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Ammo uning o‘z bunday ma’lumotlar yolg‘onligi va yana bir yil qolishini aytdi.



Fikrlar