Aytana Bonmati: "Yamal "Oltin to‘p" marosimi orqali ulg‘ayayotganini isbotladi"

  • 1 noyabr, 2024, 11:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya ayollar milliy terma jamoasi va "Barselona" klubining etakchi futbolchisi Aytana Bonmati Lamin Yamalning "Oltin to‘p" marosimida o‘zini qanday tutganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"O‘sha kuni marosim vaqtida Yamalni o‘zim uchun qaytadan kashf etdim. Bir payt u mendan isming "Oltin to‘p"ga o‘yib yozilganmi yoki yo‘qmi deb so‘radi. Keyin men sovrinni ko‘rishni xohlaysanmi deb so‘radim.

Yamal tabassum bilan dedi: "Men unga tegmayman. Yaxshisi ko‘rmaganim ham ma’qul deb aytdi". Shundan bildimki, o‘zini katta davralarda qanday tutishi va bunday hozirjavoblik bilan suhbat qilishi uni ulg‘ayayotganini isbotladi
", - dedi Bonmati.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ayollar jamoasining futbolchisi Aytana Bonmati ketma-ket ikkinchi yil "Oltin to‘p"ga ega chiqqan bo‘lsa, 17 yoshli vunderkind Yamal eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!