Ayla Tomlyanovich musobaqani g‘alaba bilan boshladi

  • 22 mart, 2019, 14:18
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan tashkil etilgan "Miami Open" turnirining uchinchi kungi bahslari davom etmoqda.

Tecno

"Premera" turkumiga kiruvchi musobaqaning ilk bosqichida Ayla Tomlyanovich (Avstraliya) va Anna-Lena Fridzam (Germaniya) o‘zaro kuch sinashdi. Ushbu uchrashuvda Ayla raqibi ustidan uch setda 4:6, 6:3, 6:0 hisobida ustun keldi.

Shuningdek, shvetsiyalik Rebekka Peterson esa germaniyalik Laura Zigemundni birinchi davrada 6:1, 5:7, 7:5 hisobida taslim qildi.

Eslatib o‘tamiz, A.Tomlyanovich ikkinchi bosqichda belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!