
"Ayaks" Gollandiya klublari orasida yangi rekord o‘rnatdi
"Ayaks" Gollandiya chempionatining 18-turida "ADO Den Xaag" jamoasini 6:1 hisobida engdi.
Voetbal International nashri tarqatgan xabarga qaraganda amsterdamliklar ushbu uchrashuvdan so‘ng o‘zlarining 2019 yilda kiritgan gollari sonini 163 taga etkazib olishdi.
E’tiborlisi, “Ayaks” bir kalendar yilida golland klublari orasida eng ko‘p gol urgan jamoa sifatida tarixga kirdi.
Fikrlar