
"Ayaks" - "Tottenxem" o‘yinini boshqaruvchi hakam tayinlandi
UEFA EChL yarim final javob uchrashuvi doirasidan o‘rin olgan "Ayaks" hamda "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun hakamlar brigadasini tayinladi. Unga ko‘ra bellashuvni germaniyalik taniqli hakam Feliks Brix boshchiligidagi jamoa boshqarib boradi.
Brixga qanotlarda Mark Borsh va Shefan Lupp yordam berishadi. VAR vazifasini Bastian Dankert va Marko Fritts bajarsa, germaniyalik boshqa bir referi Deniz Aytekin zahira hakami bo‘lib ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi bahs 8 may kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki uchrashuvda gollandiyaliklar safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Fikrlar