
Avstraliya 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi
Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax bilan uchrashuvda, mamlakat rasmiylari Kvinslendning 2032 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi, deb yozadi XOQning Twitterdagi mikroblogida.
Morrison va Bax seshanba kuni Tokioda uchrashishdi. Tomonlar sport koronavirus inqirozidan chiqib ketishda muhim rol o‘ynaydi, degan yakdil fikrga kelishdi. Morrison va Bax XOQ va Olimpiya o‘yinlari uchun siyosiy betaraflik zarurligi to‘g‘risida ham kelishib oldilar.
Kvinslend shtati 2019 yil dekabr oyida 2032 yilgi o‘yinlarni o‘tkazish uchun ariza berish niyatini rasman e’lon qilgan edi. Ariza yig‘ish kampaniyasiga Brisben shahri hamda Gold-Kost va Sanshayn-Kost sohilidagi kurort zonalari kiritilishi lozim edi. May oyida ariza yig‘ish kampaniyasi mintaqadagi iqtisodiy vaziyatni yomonlashtirgan koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatildi. Iyun oyida Avstraliya Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) rahbari Jon Kouts ariza yig‘ish kampaniyasini yangilashga chaqirdi.
Fikrlar