ATP. Nadal o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi

  • 16 noyabr, 2020, 14:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. Bugun guruh bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘tkazildi.

Tecno

Chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri Rafael Nadal bu turnirdagi o‘z ishtirokini boshladi. Rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqqan ispaniyalik 2 setda g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:4.

Bugun navbatdagi uchrashuv serbiyalik Novak Jokovich hamda argentinalik Diego Shvartsman o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!