
"Atletiko"ning braziliyalik futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola 33 yoshli braziliyalik futbolchini uzoq muddatga safdan chiqqan Benjamen Mendiga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ta’kidlash kerakki, Felipe Luis uchun asosiy da’vogarlardan biri bu "Barselona" hisoblanadi. APL klubi bu borada aynan kataloniyaliklar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Luis joriy mavsum “Atletiko” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar