"Atletiko" Kosta o‘rniga Kavanini olib kelmoqchi

  • 11 aprel, 2019, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid klubi PSJ forvardi Edinson Kavanining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “matraschilar” 32 yoshli urugvaylik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Kavani “Atletiko” safida yozda Xitoy klubiga o‘tishi aytilayotgan Diego Kostaning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 22ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!