"Atletiko" futbolchisi: "Barsa"dan ko‘ra "Real"ni mag‘lub etish menga ko‘proq yoqadi

  • 11 oktabr, 16:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid"yarim himoyachisi Markos Lorente "Madrid derbisi" haqida fikr bildirar ekan, "Real Madrid" ustidan g‘alaba qozonish unga alohida zavq bag‘ishlashini aytdi.

Tecno

"Derbi? Bu menga katta zavq bag‘ishlaydi. «Barsa»dan ko‘ra "Real"ni mag‘lub etish menga ko‘proq yoqadi. Bu bizga alohida lazzat beradi, chunki biz bunday natijaga tez-tez erisha olmaymiz. Ajoyib jamoaga ikki-uchta gol urish va o‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha yuqori kuch bilan o‘ynash — bu haqiqatan ham unutib bo‘lmas tuyg‘u", — dedi Lorente.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum La Liga doirasida o‘tgan ikki klub o‘tasidagi to‘qnashuvda "matraschilar" 5:2 hisobida zafar quchgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!