"Atletiko" "Barsa"dan yangi yil sovg‘asini qabul qilib oldi

  • 22 dekabr, 2024, 05:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 18-turida "Atletiko" "Barselona" mehmoni bo‘lib, ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab, Pedri hisobni ochdi, De Paul esa javob qaytardi, so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda Syorlot jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Tecno

Bu uchrashuvda kataloniyaliklar katta ustunlik bilan o‘ynadi, lekin 3 ochko "matraschilar"ga nasib qildi. Flik shogirdlari darvoza tomon 19 ta zarba bergan bo‘lsa, Madrid klubi 5 marotaba Penya darvozasini bezovta qilishdi, ulardan 4 tasi aniq. Shu bilan birga, "Atletiko"ning xG'isi bitta golga ham etgani yo‘q. "Barselona"da esa bu ko‘rsatkich 2.54 edi. 

Rasm

O‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiy Simeone "Barsa" g‘alabaga loyiq harakat qildi, lekin bu futbol", dedi. 

Bu jamoa uchun tarixiy g‘alaba. Sababi, klub so‘nggi marta "ko‘k-anorranglilar"ni mehmonda 2006 yildan keyin ilk bora taslim qildi. Argentinalik murabbiy uchun esa bu birinchisi hisoblanadi. 2006 yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Torres dubl, Rodriges esa bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Shuningdek, Larson javob qaytargan. (3:1).

Simeone shogirdlari barcha chempionatlarda ketma-ket 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. So‘nggi marta klub 27 oktyabrda "Real Betis"ga mag‘lub bo‘lgan. Shundan beri jamoa barcha bellashuvlarni yutdi va La Ligada birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Rasm

Bu turda "Real" "Sevilya"ni o‘z maydonida qabul qiladi. "qaymoqranglilar" g‘alabani qo‘lga kiritgan taqdirda ham, qo‘shnisidan o‘tib keta olmaydi. Sababi, peshqadamning hisobida 41 ochko mavjud. Shunday qilib, "Atletiko" 2024 yilni La Liga birinchi o‘rinda yakunlamoqda.

"Atletiko" mavsumni yomon boshlagandi. Ayniqsa, Chempionlar ligasida ishlar yaxshi emasdi. Jamoa "Lill" va "Benfika"ga qarshi o‘yinlarda jami 7 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Ammo ular qaytishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu yo‘lda PSJ va "Barsa" mag‘lub etildi. "Sparta Praga"ga 7 ta, "Real Valyadolid"ga javobsiz 5 ta gol urgan madridliklar "Sevilya"ga qarshi dramaga aylanib ketgan bahsda ham g‘alabani ilib ketishgandi.

Ángel Correa scores for Atlético Madrid in 1-1 draw vs. Real Madrid | Mundo  Albiceleste

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" bu mavsum "Real" bilan to‘qnash keldi va durangga imzo chekkan. O‘shanda Korrea so‘nggi daqiqalarda gol urib ketgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!