
"Atletiko" - "Selta" 2:0 (video)
Bugun Ispaniya La Ligasi 32-turidan o‘rin olgan "Atletiko" hamda "Selta" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Antuan Grizmann va Alvaro Moratalar mualliflik qilishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar