"ATF Championship 3" turnirining to‘liq fayt-kardi ma’lum bo‘ldi yoxud super jang kechasining guvohi bo‘lamiz!

  • 30 avgust, 2021, 15:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ma’lumki, yurtimiz yakkakurash olamining yorqin yulduzlaridan biri Muzaffar Radjabov boshchiligida tashkil qilingan va ilk promoushen sifatida O‘zbekiston yakkakurashlar tarixidan o‘rin olgan "ATF Championship" o‘zining raqamli turnirini o‘tkazib kelmoqda. 

Tecno

Dastlabki ikki turniri Buxoroda o‘tkazilgan bo‘lsa, 25 sentyabr kuni tashkil qilinadigan "ATF Championship 3" jang oqshomiga esa Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Bu galgisi super darajada o‘tishiga shubha yo‘q. Sababi, yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA vakillari oktagonga ko‘tariladi.

Jumladan, Shohasan Mirzamatov, Jahongir Jumaev, Bahodir Boqiev, O‘tkir Radjabov shular jumlasidandir. Shuningdek, ularga Ozarbayjon va qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonning yuqori darajadagi vakillari raqib sifatida tanlagan. 

Umuman aytganda mazkur turnirining to‘liq fayt-kardi ma’lum bo‘ldi. Quyida, juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.

70 kg

Jahongir Jumaev (O‘zbekiston ) - Daniyar Zaripbek (Qirg‘iziston)

77 kg

Shohasan Mirzamatov (O‘zbekiston) - Samir Huseynov (Ozarbayjon)

57 kg

Bahodir Boqiev (O‘zbekiston) - Moldoyar Eshmamat (Qirg‘iziston)

70 kg

Sanjar Erkinov (O‘zbekiston) - Aman Musaev (Qirg‘iziston)

66 kg

Sharif Xushaev (O‘zbekiston)- Dulat Seydakbar (Qozog‘iston)

71 kg

Mahmud Hayotov (O‘zbekiston) - Meyrambek Nazarov (Qozog‘iston)

65 kg

Samandar Sattarov (O‘zbekiston) - Rustambek Amanbaev (Qirg‘iziston)

85 kg

Bobur Rahmonov (O‘zbekiston) - Bexruz Ochilov (O‘zbekiston)

93 kg

O‘tkir Radjabov (O‘zbekiston) - Ravshanxon Husanov (O‘zbekiston)

70 kg

Otabek Toxirov (O‘zbekiston) - Komiljon Sharofiddinov (O‘zbekiston)

66 kg

Sardorbek Sodiqov (O‘zbekiston) - Akmaljon Abduvaliev (Tojikiston)

66 kg

Mirfayz Muminov - Zulpuxar Ali Saipov (Qozog‘iston)

61 kg

Ma’ruf Mamaraziqov (O‘zbekiston) - Amirxon Ataxonov ( Tojikiston)

70 kg

Doniyor Soyibnazarov (O‘zbekiston) -Javohir Hojiboev (O‘zbekiston)

       

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!