
"Aston Villa" sardori: "Biz Chempionlar ligasidagi etakchilikni uzoqroq saqlab turmoqchimiz"
Angliyaning "Aston Villa" klubi sardori Jon Makginn jamoasining Chempionlar ligasining etakchiligini hususida fikr bildirdi. Kecha birmingemliklar 3-tur doirasida "Bolonya"ni mag‘lub etdi va 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Bu shunchaki ajoyib! Chempionlar ligasidagi uchta o‘yin, uchta g‘alaba va birorta ham gol o‘tkazib yubormasdan. Buni nimadir bilan ta’riflash mushkul! Lekin biz bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Endi ancha ertaknamo tarix yaratayotganligimizni barchamiz sezib turibmiz.
Bu klub mening uyim. Axir bu maskanda ettinchi mavsumimni o‘tkazmoqdaman. Bu vaqt ichida ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘ldi. Umid qilamanki, jamoamiz albatta to‘g‘ri va aniq masad sari bormoqda", - dedi "Aston Villa" sardori.
Fikrlar